Namoz o‘qimagan kishi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir birodarim namoz o‘qimagan kishi musulmon bo‘lmaydi deb aytdi. Men bu gapga javob berolmadim, chunki bu haqida eshitmagan edim. Shu gap to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namoz o‘qimaslik ikki xil bo‘ladi. Biri namozni farzligini tan olib, dinning ustuni ekanligiga iqror bo‘lib, nafsi buzuqligi uchun o‘qimayotganini tan olib o‘qimaslik. Bunday odamni musulmon fosiq deyiladi. Ikkinchisi Alloh farz qilganini inkor qilib yoki “Qalb toza bo‘lsa bo‘ldi, namoz o‘qish shart emas” deb o‘qimaslik. Bundaylar tezda tavba qilib, iymonini yangilab olishi kerak.  Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 07:08 | Savol-javoblar | 171 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar