Fatir 14-oyat
Assalomu alaykum! “Agar ularga duo qilsangiz, duoingizni eshitmaslar. Gap eshitsalar ham, sizga javob bera olmaslar. Qiyomat kuni esa, sizning ularni shirk keltirganingizni inkor eturlar. O‘ta xabardor zotdek hech kim senga xabar bera olmas” (Fotir surasi 14 oyat).
Hurmatli ustozlar, Alloh taolo bu oyatda kimlarga nisbatan aytggan?
Iltimos tafsirini qisqa bo‘lsada tushuntirib bersangizlar Alloh uchun. Ustoz Shayx Hazratlar rahimahullohning “Tafsiri Hilol” kitoblarini olib o‘qishga imkoniyatim yo‘q, meni to‘g‘ri tushunasizlar degan umiddaman. Javob uchun Alloh rozi bo‘lsin sizlardan!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! إِن تَدْعُوهُمْ لَا يَسْمَعُوا دُعَاءكُمْ وَلَوْ سَمِعُوا مَا اسْتَجَابُوا لَكُمْ وَيَوْمَ الْقِيَامَةِ يَكْفُرُونَ بِشِرْكِكُمْ وَلَا يُنَبِّئُكَ مِثْلُ خَبِيرٍ 14. Agar ularga duo qilsangiz, duoingizni eshitmaslar. Mabodo eshitsalar ham, sizga javob bera olmaslar. Qiyomat kuni esa sizning ularni shirk keltirganingizni inkor eturlar. Hech kim senga o‘ta xabardor Zot kabi xabar bera olmas. Odamlar tuzukroq tafakkur yuritmay turib, turli narsalarga iltijo qiladilar, ularga topinadilar. Sal bo‘lsa ham o‘ylab ko‘rsalar, haqiqatni tushunib etar edilar. Ey mushriklar! «Agar ularga duo qilsangiz, duoingizni eshitmaslar». «Xudo»laringiz loydan, tosh va yog‘ochdan o‘zingiz yasab olgan haykallar bo‘lsa, qanday ham eshitsin?! Agar o‘sha «xudo»laringiz, o‘zingizga o‘xshagan odam yoki biror boshqa eshitish qobiliyati bor jonivor bo‘lib, sizning duoingizni eshitsalar ham, javob bera olmaydilar. Ehtiyojingizni qondirolmaydilar. Ha, «Mabodo eshitsalar ham, sizga javob bera olmaslar». Axir ular bor-yo‘g‘i sizga o‘xshash bir inson bo‘lsa, qanday qilib sizning duoingizga javob bersinlar, duoda so‘ragan narsangizni ato qilsinlar?! Ularning bu dunyodagi hollari shu. Ammo, ular bizga qiyomat kuni manfaat beradi, deb yurgan bo‘lsangiz, bilib qo‘ying, «Qiyomat kuni esa sizning ularni shirk keltirganingizni inkor eturlar». Qiyomat kuni Alloh «Anavilarga «Bizga ibodat qilinglar!» deb sizlar aytganmisizlar?» degan mazmunda so‘raganida, ular inkor etadilar. «Robbimiz, biz ularni o‘zimizga ibodat qilishga buyurganimiz yo‘q», – deydilar. «Hech kim senga o‘ta xabardor Zot kabi xabar bera olmas». Ha, hech kim senga hamma narsadan o‘ta xabardor Allohdek, bunga o‘xshash xabarlarni bera olmaydi. ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:04 | Savol-javoblar | 153 | Qur’oni karim