Farz namozi naflga aylansa

Assalomu alaykum! Bir kishi 4 rakatlik namozni o‘qidi. Oxirgi qadada o‘tirganda 3 rakat o‘qidimmi yoki 4 rakat o‘qidimmi deya necha rakat o‘qigani xaqida shubxalanib qoldi. Ikki tomonga salom bergandan keyin xam shubxalanib. Oxiri namozni boshqatdan o‘qidi. Shunda avvalgisi nafl o‘tishi xaqida bilar edim. Agar avvalgisi nafl namozga o‘tadigan bo‘lsa. Nafl namozni 3-4-rakatlarida zam sura vojib bo‘lsa. U xolda qanday yo‘l tutiladi? Chunki farz namozini 3-4-rakatida zam sura o‘qilmaydiku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar 3 rakat o‘qigan bo‘lsa o‘sha namozi fosid bo‘ladi. Chunki 3 rakatlik nafl yo‘q. Vallohu a’lam!

13 Dekabr 2023, 13:56 | Savol-javoblar | 0 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar