Farz amal

Assalomu alaykum! Muhataram ustozlar Alloh sizni yaxshilik ila mukofotlasin. Savolim shunday: Masalan kimdur o‘qituvchilik yoki dizaynerlik kasbi bo‘yicha ta’lim olgan institutini bitirgan bo‘lsa, o‘sha kasbi farzi kifoya o‘sha ayolning bo‘yniga farzi ayn bo‘ladiku. Agar o‘sha ayol o‘zini oilasiga bag‘ishlasa va uyda o‘zi uchun Allohning dinida sobit turish uchun va farzandalariga ta’lim berish uchun ilm olsa, haligi institutda olgan ilmini ishlatib ishlamasa ya’ni o‘zi uchun ummatning zimmasidagi farzi kifoya bo‘lgan farzi aynni olgan ediku, ana o‘shani bajarmasa bo‘ladimi? Ya’ni o‘zini oilasiga bag‘ishlasa ishlamasa va o‘zi uchun ilm olib uyda farzandlari tarbiyasida bo‘lsa farzi aynni tark etib ya’ni kasbi bo‘yicha ishlamay gunohkor bo‘lib qolgan bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mutloq holda farzi ayn ham farzi kifoya ham emas. Holatga qarab farzligi aniqlanadi. Aslida sog‘lom, jamiyatga foydali va to‘g‘ri e’tiqoddagi farzandni tarbiyalash ayol kishining vazifasidir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:33 | Savol-javoblar | 172 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar