Dadamni uylantirish

Assalomu alaykum! O‘tgan yilni oxirida koronavirus tufayli onam vafot etganlar. Dadam endi uylanmayman degan edilar. O‘zlari yoshlari 70 da. Erkak kishi yolg‘iz bo‘lishlari og‘ir baribir. Shunga qanday qilib dadamga uylaning degani tilim bormayapti. Iltimos birorta yo‘l ko‘rsatinglar manga. Qanday qilib gap boshlashimni bilmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh sizni saomat qilsin, sizdek otasini o‘ylagan farzandlarni sonini ko‘paytirsin. Vafot etgan onangizni ham rahmat aylasin. Otangizga gapi o‘tadigan qarindoshlar yoki yaqiningizdagi biror ahli ilm bilan maslahat qilib, ularni ishga solsangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 20:02 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar