katron

Assalomu alaykum! Najosat tekkan idishni katron kilmasdan, shunchaki yuvib ishlatsa unga solingan narsalar xam xarom buladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Idish ikki qismga bo‘linadi. Sirlangan, shisha, plastmassali, ichiga suv o‘tkazmaydigan chinni idishlar kabi va sirlanmagan yog‘och, sospoldan ishlanib sirlanmagani uchun ichiga suv shimadigan idishlar. Birinchi turdagi idishlarni uch marta yuvish bilan har qanday najosatdan poklanadi. Ikkinchisini uch bor yuvib, nami quriguncha qo‘yiladi, so‘ng yana yuvilib quritiladi, so‘ng yana shunday qilib poklanadi. Buni qatron qilish deyiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:38 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar