Majburlikda qum taloq

Assalomu alaykum! Men xo‘jayinimning 2-oilalari edim. Ota-onalarimiz roziliklari bilan turmush qurdik 7oy yashadik. Shu davr ichida 2 oilani xam birdek ko‘rdila. Lekin bir kuni qaynonam kelib xotiningni taloq qo‘yasan bo‘lmasa oq qilaman deb turib oldila. Onalarini roziligi uchun 3taloq qo‘ydila. Qaynonam bunga xam rozi bo‘lmadila, qumtaloq qo‘yasan dedila. Men xam xo‘jayinim xam unday qilmang deb yig‘ladik, lekin qaynonam ko‘chaga chiqib sochlarini yoyib qo‘shnilarni oldida to‘palon qilishga tushdila. Xo‘jayinim onalarini roziligi uchun meni qumtaloq qo‘ydilar. Endi kanday amallarni bajarsak yana nikox o‘qittirib bir oila bo‘lib yashay olamiz? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Endi birga yasholmaysizlar. To iddangiz chiqib boshqa erga nikohlanib, u bilan haqiqiy yashab keyin u taloq qilsa, keyin iddangiz chiqqandan keyin bu eringizga halol bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 12:48 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar