Telegramda tarqalgan bir ma’ruza haqida
Assalomu alaykum! hurmatli ustozlar, yaqindan beri telegram tarmoqlarida bir domlaning ma’ruzalari tarqalyapti. Bizga ham bir necha martta keldi. Unda aytilishicha Muhammad sallallohi alayhi vasallamning ismlarini qo‘ysangiz o‘sha ism bor xonadonga 24soat nur yog‘ilib turarmish, laa ilaha illalloh Muhammadur rosululloh kalimasini yozib o‘sha qog‘ozni ikkiga bo‘lib, uyga tashlab yarmini o‘zi bilan birga safarga olib ketsa, uyiga eson-omon qaytarmish. Bir domlaning jiyani oqqon kasali bilan kasallangan ekan, Qur’on yoddan xatm qilib tugatgan boshqa bir ko‘zlari ojiz qori duo qilib Ollohdan so‘rabdi: ey Olloh mana man 30pora Qur’onni tugatdim san bilan mani o‘rtamizga Muhammad sallallohu alayhi vasallamning hurmatlarini qo‘yib sandan so‘rayman, shu bolaga shifo bersang ham berasan bermasang ham berasan. Shu bolani onasini yig‘latib san xursand bo‘lasanmi, maza qilasanmi deya duo qilibdi (astag‘firulloh) va qisqasi tuzalibdi. Odamlar shuni tafakkur qilmasdan tarqatib yurishibdi. Biz bundaylarga bu xato ish ekanligini aytsak bo‘ladimi? Yoki fitnaga sabab bo‘lib qolamizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xatoligini ayting. Maruza qilgan odam noto‘g‘ri aytibdi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:27 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xatoligini ayting. Maruza qilgan odam noto‘g‘ri aytibdi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:27 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar