Ko‘ngil toza bo‘lsa bo‘ldi

Assalomu alaykum! Meni, ba’zi birovlar «ko‘ngil toza bo‘lsa bo‘ldi, namozni nasib qiganda o‘qiyman» deyishligi o‘ylantirib qo‘yadi. Shu qatori yaqin odamim ham shunday deb qoldi. Meni nazarimda bu kazzoblik yoki munofiqlikka o‘xshab qolyabdi. Bunday gapiradiganlar haqida dinimiz qanday fikrda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namozni farzligini tan olib, "Alloh buyurganligiga iqrorman, nafsim buzuqligidan o‘qimayapman" deyish bilan “qalbim pok bo‘lsa bo‘ldi, namozni o‘qish shart emas” deb uni inkor qilish orasida farq bor. Birinchisida fosiq bo‘lsada musulmonligicha qoladi. Ikkinchisida farzni inkor qilgani uchun dindan chiqadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:39 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar