Yo‘qolgan pulni ehson desa
Assalomu alaykum! Agar o‘zim hohlamagan holda kimgadur pul bersam (o‘g‘irlatib qo‘ygan bo‘lsam yoki majburyatdan vaziyatdan chiqish uchun) 1.shu pulni exson yoki sadaqa qildim desam bo‘ladimi? Yoki bergan pulimga rozimasman desam menga gunoh yozilmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha pulni qaytarishni talab qilsangiz ham kechib yuborsangiz ham joiz. Kechib yuborganda afv qilganingiz va ehsonning savobini olasiz. Agar “rozi emasman” desangiz ham sizning ixtiyoringiz, Alloh taolo qiyomat kuni barcha haqlarni o‘z egalariga olib beradi. Alloh taolo "Niso" surasida marhamat qilib aytadi: وَسَارِعُوا إِلَى مَغْفِرَةٍ مِنْ رَبِّكُمْ وَجَنَّةٍ عَرْضُهَا السَّمَاوَاتُ وَالْأَرْضُ أُعِدَّتْ لِلْمُتَّقِينَ الَّذِينَ يُنْفِقُونَ فِي السَّرَّاءِ وَالضَّرَّاءِ وَالْكَاظِمِينَ الْغَيْظَ وَالْعَافِينَ عَنِ النَّاسِ وَاللَّهُ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ 133. Robbingizdan bo‘lgan mag‘firatga va kengligi osmonlaru ercha bo‘lgan, taqvodorlar uchun tayyorlab qo‘yilgan jannatga shoshiling.
134. Ular engillikda ham, og‘irlikda ham nafaqa qiladiganlar, g‘azabini yutadiganlar va odamlarni avf qiladiganlardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni yoqtiradir.
Allohdan bo‘lgan mag‘firatga va kengligi osmonlaru erchalik bo‘lgan jannatga sazovor bo‘lgan taqvodorlarning sifatlaridan biri:
«...engillikda ham, og‘irlikda ham nafaqa qiladiganlar».
Ya’ni, ular yaxshilik qilishda sobitqadam odamlardir. Hayotlari engillashib, hamma narsalari serob bo‘lib ketsa ham, hovliqib, haddilaridan oshib, fisq-fasodga berilib ketmaydilar. Balki o‘zlarini bosib, xayr-ehson, nafaqa qilishda bardavom bo‘ladilar. Shuningdek, boshlariga og‘irchilik kunlari tushsa ham, siqilib, o‘zlarini noqulay sezib, baxillik yo‘liga o‘tib olmaydilar. Balki nafaqa qilishda bardavom bo‘ladilar. Ularning taqvolari doimo ehsonga chorlab turadi. Baxillik va qizg‘anchiqlikdan qaytaradi.
Taqvodorlarning sifatlaridan yana biri:
«...g‘azabini yutganlar...»
G‘azabini yutish eng qiyin ishlardan hisoblanadi. G‘azab insonda turli munosabatlar ila qo‘zg‘alib turadi, uni jilovlab olish har kishining ham qo‘lidan kelavermaydi. Lekin bu og‘ir ishni taqvodor kishi eplashi mumkin. Ya’ni, qalbida taqvodorlik mavjud bo‘lgan insongina g‘azabdan g‘olib chiqa oladi.
Islomda g‘azabni yutish ulug‘ axloqlardan hisoblanadi. Qur’oni Karim oyatlaridan tashqari bu oliy sifatning maqtovi Payg‘ambarimizning hadislarida, salafi solihlarimizning ishlari va so‘zlarida o‘z aksini topgan.
Imom Ahmad rahmatullohi alayhi rivoyat qilgan hadisda kelishicha, bir kishi Payg‘ambar alayhissolatu vassalomga: «Ey Allohning Rasuli, menga nasihat qiling», dedi. U zoti bobarakot: «G‘azab qilma», dedilar. So‘ragan odam keyinchalik e’tirof etib, bunday deydi: «Rasullulloh alayhissalom shu gapni aytganlarida, o‘ylab ko‘rsam, g‘azab hamma yomonlikni o‘zida jamlagan ekan».
Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhi Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki, Payg‘ambarimiz alayhissolatu vassalom: «Kim (jazo berishga) qodir bo‘lib turib, g‘azabini yutsa, qiyomat kuni Alloh uni xaloyiq oldida chaqirib turib, hurlardan xohlaganini tanlab olishga imkon beradi», deganlar.
Mazkur taqvodorlarning yana bir sifatlari:
«...va odamlarni afv qiladiganlardir».
Bu sifat g‘azabni yutish sifatini to‘ldirib keladi. Chunki ishning chiroyli hol bo‘lishi uchun g‘azabni yutib qo‘yishning o‘zi kifoya emas. Olijanoblik ko‘rsatib g‘azabini yutgan odam bu olijanobligini tugal qilayin desa, aybdorni afv qila olishi, kechira bilishi ham kerak.
Imom Hokim rivoyat qilgan hadisda, «Kimki uning uchun jannatda binolar qurilishini va darajalari ko‘tarilishini xohlasa, zulm qilganni avf etsin, bermaganga bersin va orani uzganga silai rahm qilsin», deyiladi.
Ibn Kasir rahmatullohi alayhi Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar alayhissolatu vassalom: «Qiyomat kuni bir jarchi, odamlarni afv qilganlar qani! Robbingiz huzuriga ajringizni olgani keling, deb chaqiradi. Afv qilgan har bir musulmon jannatga kirishga haqlidir», deganlar.
«Alloh yaxshilik qiluvchilarni yoqtiradir».
Yuqorida zikr qilingan sifatning sohiblari yaxshilik qiluvchi sanaladilar. Demak, ularni Alloh yaxshi ko‘rar ekan. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat