Internet va kompyuter o‘yinlari

Assalomu alaykum! Islom dini ziyosini mo‘min musulmonlarga va shu o‘rinda boshqa dinga e’tiqod etuvchilarga ulashuvchi azizlar. Mening savolim shundan iboratki, hozirda zamon rivojlanishi bilan ayniqsa yosh o‘spirin yigit qizlar va boshqa insonlar orasida turli xil internet va kompyuter o‘yinlariga qiziqish kuchaymoqda. Men aynan shu narsani bilmoqchi edimki kompyuter o‘yinlarida turli xil bo‘lmag‘ur yovuzlik, odam o‘ldirishlik, kibernetik model ko‘rinishidagi odamlarga ziyon etkazishlik kabilar gunohmi va bu narsa real xayotdagi qilingandagi gunox bilan tenglashtiriladimi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bularning gunohligi aniq, lekin gap bunda emas. Balki yoshlar shuni gunoh ekanligini o‘z ilmiga amal qiluvchi masjiddagi imomlaridan, televideniya va radiodagi ma’rifiy eshittirishlardan eshitmayotganligidadir. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 07:19 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar