Uy olish masalasi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ilmingiz ziyoda bo‘lsin. Uy olmoqchi edik, omoqchi bo‘layotgan uyimizni egalarining o‘g‘li qamalgan, qarzlari bor, qiynalib qolishgan. Shu insonlarni uyini olishda karohiyat yo‘qmi? Ishi yurib turganlarni uyini olish kerak deyishdi odamlar, lekin avlodlari yaxshi insonlar edi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Muhtoj bo‘lib sotishga majbur bo‘lgan kishilarning uyini muhtojligi va sotishga majburligidan foydalanib asl narxidan kamaytirib olish joiz emas. Asl narxiga, balki ularni muhtojligini ko‘rib qimmatrog‘iga sotib olish komil mo‘minlikning alomatidir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:40 | Savol-javoblar | 181 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar