Ilmni susaytiruvchi omillar
Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Mening ham savolim ilm to‘g‘risida. Bir ilmli akamiz aytib bergan rivoyat (rivoyatning sahih yoki nosahihligini bilmayman) orqali savolimni bermoqchiman. Rivoyatga ko‘ra: «Ilmi tolib Allohning kalomi bo‘lmish Qur’oni karimni yodlashni, hadis ilmini o‘rganishni ustozi bilan boshlabdi. Ilmi tolib kundalik berilgan vazifalarni a’lo tarizda topshirar ekan. U qolgan tengdoshlaridan ancha odimlab ketib, Qur’on ilmini juda samaralari ravishda o‘rganar ekan, bu istedod ustozlarni ham qoyil qoldirar ekan. Ammo, kunlarning birida ilmi tolib berilgan vaziflarni qanchalik o‘rganishga harakat qilmasin kun oxiriga kelib vazifalarni topshirolmaydigan, qancha harakat qilmasin yodlagan narsalari esfan chiqayotganini sezibdi. Ustozlari ilmi tolibdan ibodatlarida bardovimligini, hech qanday gunoh ishlar qilmaganini so‘rashibdi. U hamma ibodatlarni vaqtida qilayotganini hech qanday gunoh ish qilmaganini aytibdi. Eslab ko‘rsa, bir tuyaga chiqayotgan nomahramning to‘pig‘ini ko‘rib qolganini aytibdi. Shunda ustozlar ilmingni susaygani man shudan bo‘lgan degan ekanlar.» Savolim shundan iborat: Qanchalik harakat qilmaylik hozirgi kunda ko‘cha ko‘yda yurganimizda, metro avtobusga chiqmaylik ochiq sochiq keyingan qizlarga ko‘z tushadi. Bu holat bizning ilmimizga tasir qiladimi? Alloh barchangizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shuning uchun ham insonlar ilm bilan ma’lumotni orasini farqlamay qolishdi. Haqiqiy ilmni qanday bo‘lishini tasavvur ham qilmay qolishdi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:46 | Savol-javoblar | 154 | Ta’lim va muta’allim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shuning uchun ham insonlar ilm bilan ma’lumotni orasini farqlamay qolishdi. Haqiqiy ilmni qanday bo‘lishini tasavvur ham qilmay qolishdi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:46 | Savol-javoblar | 154 | Ta’lim va muta’allim