Tanqid

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, savolim biroz qo‘pol bo‘lsa uzr so‘rayman. Nega shu kungacha O‘zbekistondagi san’atkorlarga raddiya bermagansizlar? Axir ular O‘zbekistondagi deyarli barcha musulmonlarning farzandlarini «G‘ARB» madaniyati tamon tortishyabdiku. Siz aziz ustozlar esa teshik idishga suv quyayotgandeksizlar, dinimiz yo‘lida qilayotgan xizmatlaringiz bexuda ketayotgandek. Chunki ularni faoliyatini oldida sizlarniki ko‘rinmaydi ham? Bu fikr menda Instagram ijtimoiy saytida ko‘rgan ba’zi bir ko‘rinishlardan keyin paydo bo‘ldi. Kattakon uzr qo‘pol savol yozdim, balki haddan oshdim, lekin ertaga mening farzandlarim ham ularga ergashib ketishidan xavotir olganimdan yozdim. Alloh yolida qilayotgan sa’iy-harakatlaringiz samarali bo‘lsin! Amin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz bir xonadonning boshlig‘i, qo‘l ostingizdagilar sizga itoat etishi, amrlaringizni so‘zsiz bajarishi, hurmatingizni bajo keltirishi vojib bo‘lgan farzandlaringiz nasihatingizni olmasligini havotiridasiz. Siz aytgan kishilar kasbi, qilayotgan ishlari, savobi, oxiratdagi iqobi, qoldirgan merosi va o‘sha merosdan yo‘q bo‘lib ketgunicha(vaholanki bu qiyomatgacha davom etishiga hadislar dalolat qiladi) foydalanib turuvchilarning savobi yoki gunohidan nasibador bo‘lishlarini juda yaxshi biladilar. Ustozimiz rahimahulloh ham bir necha o‘rinlarda ularning ishlari hukmini chiroyli yo‘l bilan tushuntirib o‘tganlar. Siz-bizga o‘shalarni topib, farzandlarimizga eshittirib qo‘yishgina qolgan. وَمَا عَلَيْنَا إِلاَّ الْبَلاَغُ الْمُبِينُ۝ 17. Bizning zimmamizda ochiq-oydan etkazishdan boshqa narsa yo‘q», – dedilar. (“Tafsiri Hilol” kitobidan “Yasin” surasi). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:51 | Savol-javoblar | 162 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar