Tasbeh aytish

Assalomu alaykum! Shom va bomdod namozlaridan so‘ng Allohumma ajirni minan naar kalimasini necha marta aytilsa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hadislarda namozdan keyin etti marta deyilgan. عَنْ مُسْلِمِ بْنِ الْحَارِثِ التَّمِيمِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: أَسَرَّ إِلَيَّ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: إِذَا انْصَرَفْتَ مِنْ صَلَاةِ الْمَغْرِبِ فَقُلِ اللَّهُمَّ أَجِرْنِي مِنَ النَّارِ، سَبْعَ مَرَّاتٍ، فَإِنَّكَ إِذَا قُلْتَ ذَلِكَ ثُمَّ مُِتَّ فِي لَيْلَتِكَ كُتِبَ لَكَ جِوَارٌ مِنْهَا، وَإِذَا صَلَّيْتَ الصُّبْحَ فَقُلْ كَذَلِكَ، فَإِنَّكَ إِنْ مُِتَّ فِي يَوْمِكَ كُتِبَ لَكَ جِوَارٌ مِنْهَا Muslim ibn al-Horis at-Tamimiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga maxfiy ravishda: «Shom namozini o‘qib bo‘lganingdan keyin etti marta «Allohumma! Ajirnii minan-naar» deb aytgin. Agar sen o‘shani aytsang-u, shu kechada o‘lsang, senga undan saqlanish yoziladi. Bomdodni o‘qib bo‘lganingda ham o‘shani aytgin. Agar shu kunda o‘lsang, senga undan saqlanish yoziladi», dedilar». Sharh: «Allohumma! ajirnii minan-naar»ning ma’nosi «Allohim, meni do‘zaxdan saqlagin» deganidir. «Senga undan saqlanish yoziladi» degani «do‘zaxdan saqlanish yoziladi», deganidir. Bu duoni o‘qish diyorimizda ko‘pchilik zokirlar tomonidan yo‘lga qo‘yilgan. (“Hads va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:48 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar