Dasturiy ta’minot litsenziyasi

Assalomu alaykum hurmatli Ustozlar! Men dasturchiman. Dastur ishlab chiqarish uchun kerakli dasturiy vositalarni sotib olayotganda asosan 2 xil turdagi litsenziya taklif qilinadi. Birinchisi individual foydalanuvchilar uchun, ikkinchisi guruh bo‘lib ishlovchilar uchun. Ikkinchi turdagi litsenziya odatda birinchisiga qaraganda bir necha barobar qimmatroq bo‘ladi. Men ishlaydigan tashkilot yuqoridagi kabi dasturiy vositalarning krek (o‘g‘irincha) versiyasini ishlatsa, men o‘sha dasturiy vositalarning individual litsenziyalangan versiyasini sotib olib tashkilot loyihalarini bajarishda ishlatsam joiz bo‘ladimi? E’tiboringiz uchun tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Shunday qilish ham kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:53 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar