"Yunus" surasi

Assalomu alaykum!Hurmatli ustoz sizga bir savolim bor edi.Savol: Shayx Abdulaziz Mansurning 2009 yildagi Qur‘oni Karimning tarjimalaridaAlloh taolo Qur‘oni Karimning "YUNUS" surasining 96 oyatida "Albatta, (taqdirlarida) Allohning ("kofir bo‘lurlar" degan) so‘zi muqarrar bo‘lganlar imon keltirmagaylar" deb yozilgan ekan.Shu suraning tavsiriga ko‘ra Alloh kimning taqdiriga kofir bo‘ladi deb yozgan bo‘lsa u musulmon bo‘la olmaydimi yoki kimning taqdiriga do‘zzaxiy deb yozga bo‘lsa u jannatga kira olmaydimi?Savoldagi xato va kamchiliklar uchun uzur so‘rayman.Alloh siz va bizndan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu savolni o‘sha tarjima egasiga bersangiz yaxshi bo‘lar edi.- Men mazkur oyatni “Tafsiri Hilol”da quyidagicha tarjima va tafsir qilganman.96. Albatta, Robbingning kalimalari zimmasiga vojib bo‘lganlar iymonga kelmaslar.97. Agar ularga hamma oyat-mo‘’jizalar kelsa ham, to alamli azobni ko‘rmagunlaricha.Ba’zi odamlar, hidoyatga yurish niyatlari yo‘qligi tufayli, shuncha vaqtdan buyon Islomga da’vat qilinsalar-da, borgan sari kufrda ashaddiylashib ketmoqdalar. Tabiatlari va niyatlari buzuqligi sababli, ularning zimmasiga oxirgi damgacha iymonga kelmasliklari haqida Allohning kalimasi haq bo‘lib qoldi. Ularning mo‘min bo‘lmasliklariga Allohdan lafz ketdi. Ya’ni Alloh taolo O‘zigagina ma’lum bo‘lgan yana bir haqiqatni – tabiatlari buzuq ba’zi kimsalarning oqibatini bandalariga bildirish uchun O‘z Kitobiga bitib qo‘ydi. Ular ham hozirgina qissasi o‘tgan Fir’avnga o‘xshab, alamli azobni ko‘rmagunlaricha, iymonga kelmaydilar. Alamli azobni ko‘rganlarida, o‘lim oldida keltirgan iymonlaridan esa naf bo‘lmaydi.

3 May 2022, 00:23 | Savol-javoblar | 163 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar