Tayyorlov kursi domlasini ishi to‘g‘rimi?

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, Alhamdulillah ukam grant asosida o‘quv yurtiga qabul qilindi. Uni matematikadan o‘qitgan domlasi o‘qish boshida “kim grantga kirsa 500$dan beradi” degan shartni qo‘ygan ekan. Man boshida uncha e’tibor bermagandim. Har oylik to‘lovini qilib kelganmiz. Albatta biz o‘zimizning sharoitdan kelib chiqib inshaAlloh 200$(aslida bu pul yo‘q, lekin InshaAlloh topamiz) beramiz deb niyat qildik. Lekin bunga ko‘nishmayapti. Biz shu kam berishimiz bilan domlani haqqini poymol qilmayapmizni? Umuman domlalarning shunday qilishlari to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar tayyorlov kursi domlasi o‘sha dars o‘tganligi uchun oylik maoshini oladigan bo‘lsa, ortig‘ini so‘rash halol bo‘lmaydi. Mabodo belgilangan dars soatlaridan tashqari alohida shug‘ullangan bo‘lsa va o‘sha ajratgan vaqti uchun haq olishni shart qilgan bo‘lsa bu joiz. Qo‘shimcha vaqt ajratib, “qachon kirsa alohida haq olaman” deyishi bu fazl. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:58 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar