Qaysi birida ajr ko‘prok bo‘ladi?

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men Namangandanman, ba’zi sabablarga ko‘ra Navoiylik bir ayol bilan Alloh yo‘lidi tanishdik. Lekin men uylanmaganman u esa turmushidan ajragan ekan. Bunga sabab eri musulmon emas, rus millatida  bo‘lgan va “hijobingni echasan” deb turib olgan. U ota-onalarini xohishi bilan turmush qurgani va hijobini echmasligini va ibodatini tark etmasligini aytganida eri ajrashgan ekan. Bir nafar yosh farzandi bor. U bilan oila qurish niyatim bor, u ham rozi, bir o‘ziga qiyinligini aytib, “oila qurishim kerak yolg‘izlik yaxshi emas” deb ko‘p takrorlaydi. Ota-onalari ham benamoz odamlar, qizi bilan ishi yo‘q. Shunga maslahat bersalaringiz. Shu ayolga uylansam ajri ko‘proq bo‘ladimi yoki bokira qizgami? Javob uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ushbu saytni Ustozimiz rohimahulloh fiqhiy masalalarga javob berish uchun tashkil qilganlar. Bu kabi  "maslahatlar"ni fiqhga aloqasi yo‘qligi uchun ko‘rilmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:52 | Savol-javoblar | 139 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar