Ehtikor va aqiqa haqida savol

Assalomu alaykum! Misol men Toshkendan 1kg moshni 10 so‘mdan olib 2-3 oy uyda saqlab narx ko‘tarilganda Farg‘onaga olib kelib 15 so‘mdan sotsam ehtikor bo‘ladimi?
2). O‘zimni tomorqamdan loviya etishtirib uyimda 2-3 oy saqlab narx ko‘tarilganda sotsam bu ham ehtikor bo‘ladimi?
3). Aqiqa qilganda go‘shti va dumbasi ortib qolsa sotish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Mosh odamlarning kunlik ehtiyoj mahsuloti hisoblanib, siz va siz kabilar sotishga saqlab qo‘yganligi uchun narx qimmatlasa ehtikorga kiradi. 2). Ehtikor bo‘lmaydi. 3). Aslo joiz emas. Mabodo sotilgan bo‘lsa pulini faqir va miskinlarga sadaqa qilish vojib. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:58 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar