Borliq va hayvonot evrilishi

Assalomu alaykum! Darvinning insonlarning hayvonlardan tarqaganligi to‘g‘risidagi gapining yolg‘onligi ma’lum. Biroq, er yuzining, (insonlardan tashqari) undagi o‘simliklardan tortib to barcha jonivorlargacha evrilishning (evolyutsiyaning) izi bordek. Xuddi millionlab yillar oldin yashagan biror hayvonning avlodlari hozirgi biror jonivorning ajdodlaridek, unga aloqalidek tuyuladi. Olimlar buni tan oladilar. Islomda er yuzining yana insonlardan tashqari barcha jonivorlaru-o‘simliklarning qadimgi evrilishi tan olinadimi? Agar yo‘q bo‘lsa, nega?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “A’rof” surasida marhamat qiladi: إِنَّ رَبَّكُمُ اللّهُ الَّذِي خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضَ فِي سِتَّةِ أَيَّامٍ ثُمَّ اسْتَوَى عَلَى الْعَرْشِ يُغْشِي اللَّيْلَ النَّهَارَ يَطْلُبُهُ حَثِيثًا وَالشَّمْسَ وَالْقَمَرَ وَالنُّجُومَ مُسَخَّرَاتٍ بِأَمْرِهِ أَلاَ لَهُ الْخَلْقُ وَالأَمْرُ تَبَارَكَ اللّهُ رَبُّ الْعَالَمِينَ۝ 54. Albatta, Robbingiz osmonlaru erni olti kunda yaratgan, so‘ngra Arshga istivo qilgan, kechani kunduzga qoplab, – u uni shoshilib quvlaydi – quyosh, oy va yulduzlarni O‘z amri ila bo‘ysundirilgan qilib (yaratgan) Allohdir. Ogoh bo‘ling, yaratish va amru tadbir Uning O‘ziga xosdir. Olamlarning Robbi – Alloh barakotli, ulug‘dir. Islom aqiydasiga ko‘ra, Alloh taolo o‘xshashi yo‘q Zotdir. Zotining, sifatining, amallarining ham monandi yo‘q. Kim Uni biror narsaga qiyoslashga urinsa, kofir bo‘ladi. Shu boisdan, ushbu oyatda kelgan va Allohga nisbat berilgan hodisalar, oyatda kelganidek, Allohning O‘ziga xos ravishda bo‘lgan, deb tushuniladi. Ularni biror narsaga qiyoslashga urinish ayni gunoh. «Nega?», nima uchun?» deb so‘rash ham mumkin emas. «Albatta, Robbingiz osmonlaru erni olti kunda yaratgan...» Alloh taolo osmonlaru erni yaratgani haq. Ammo qanday usulda yaratganini bilmaymiz. Demak, o‘ziga xos bo‘lgan yaratish tadbiri bilan yaratgan. Ularni olti kunda bunyod etganligi ham haq. Ammo bu kunlar qanday kunlar ekanini bilmaymiz. Bilishga imkonimiz yo‘q. Bu kunlar ham Alloh taoloning O‘ziga xos bo‘lgan kunlardir. «…so‘ngra Arshga istivo qilgan…» Alloh taolo Arshni egallagani ham haq. Ammo qanday, nechuk egallash ekanini bilmaymiz. Bu haqda so‘rab-surishtirmaymiz ham. O‘tgan salafi solihlarimiz bunday masalalarni qo‘ziganlarni bid’atchi, buzg‘unchi, fitnakash deb ataganlar va ba’zilarini jazolashga hukm qilganlar. Qur’oni Karimda shu ma’noda bir qancha oyati karimalar kelishi e’tiboridan ushbu jumla haqida har bir musulmon bilishi lozim bo‘lgan ba’zi ma’lumotlarni keltirish maqsadga muvofiqdir. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi linklardagi ma’lumotlarni ham o‘qib chiqing. Vallohu a’lam! https://muslimaat.uz/inson-haqida/ https://islom.uz/view/narsalar-yaratilishi-xakida

26 May 2022, 06:59 | Savol-javoblar | 143 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar