Namoz va tahorat haqida

Assalomu alaykum! 1). Namoz vaqtida o‘qilayotgan surani yarimiga kelganda xayoli chalg‘ib esidan chiqib qolsa surani boshidan o‘qisa joizmi?
2). Tahorat qilib bo‘lgach bavlga borgisi kelsa va borib bavl qilib bo‘lgach faqat avratlarini yuvib namozini o‘qisa bo‘ladimi yoki boshdan yana tahorat olinadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bu holatda ruku’ga ketgani afzal. Qayta o‘qisa ham namoz durust bo‘ladi. 2). Bavl qilgach tahorat ketib, qaytadan tahorat qilish farz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:59 | Savol-javoblar | 154 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar