Ishlagan pulim harom bo‘lmaydimi?
Assalomu alaykum! Alloh ilmlaringizni ziyoda qilsin! Men bir inson bilan birga tijorat qilaman, u inson oliy toifali vrach. Lekin o‘zi bachavoz ekan, uni bu ishini bilganimdan keyin bir necha marotaba qaytarishga harakat qildim. U menga unaqa qilmayapman deydi, yana shu ishini qiladi. Lekin o‘zi dindan xabar bor va halol bilan haromni farqlaydi. Ammo aroq ichsam shu ishni qilib qo‘yaman deb ishidan qaytmayabti. Savolim, men u inson bilan birga ishlasam yoki birga ovqatlansam yoki ish yuzasidan yursam menga ham gunohi o‘tadimi? U bilan birga ishlagan pulim harom bo‘ladimi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar ishlaringiz shariat harom qilgan ish bo‘lmasa birga ishlagan pulingiz halol bo‘ladi. Kelajakda qaytarishga ishonchingiz etsa birga ishlab bo‘lsa ham qaytaring. U ishidan qaytmasa tark qiling. Chunki inson kim bilan ko‘p yursa uning xulqidan ta’sirlanish bo‘ladi. Shuning uchun Alloh taolo sodiqlar bilan birga bo‘lishimizga buyurgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:59 | Savol-javoblar | 175 | Halol va harom