Zinoda tug‘ilgan bola jannatga kiradimi?

Assalomu alaykum! Zinodan keyin tug‘ilgan bola katta bo‘lib namoz o‘qidi, ro‘za tutadi, zakot beradi, xaj ziyoratiga boradi, ota-onasini rozi qiladi, duo qilib jannatga kiritishini so‘raydi, valadi zinoligini biladi. Bu bolaga jannatga kirish nasib qiladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Solihlardan bo‘lsa albatta kiradi. Alloh solihlarni zikr qilganida nikohdan bo‘lganmi yoki zinodan bo‘lganmi ajratmagan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:47 | Savol-javoblar | 215 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar