Botunlar to‘g‘risida

Assalomu alaikum! Men bir tanishimdan «Botun» degan iborani qo‘llaganini eshitdim. Aytishicha, Botunlar bo‘lib o‘tgan narsalarni ilohiy kuch yoki farishtalar yordamida ko‘ra olishar ekan. Fol ochuvchilar esa jin, devlar yordamida ko‘rishadi. Fol ochuvchilarga ishonib kerakmas, ya’ni bu ish gunoh. Lekin Botunlarga ishonsa bo‘lar emish. Botunlar to‘g‘risida biror ma’lumotga ega bo‘lmaganim uchun sizlarga savol yo‘lladim. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bekor gap. Bu folbinning siri oshkor bo‘lganidan keyin nomini o‘zgartirib ish yuritishidir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:01 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar