Egasi olmagan sadaqot
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, yon qo‘shinimning qarindoshi ramazon oyida besh yuz ming so‘m pulni u uyida yo‘qligi sababli berib qo‘yinglar deb ayolimga tashlab ketgan. Ayolim shu pulni olib chiqib bersa, qo‘shnim uni olmagan(qo‘shnimning holati bu pulga ehtiyojmand, lekin pulini olmayapti, sababi bizga noma’lum). Ayolim pul egasiga telefon qilib aytsa qaytarib olib ketishini aytgan. Biroq mana ikki oydirki olib ketmayapti yoki muhtojlarga ham berib yuborishlikni aytmayapti. Bir necha bora eslatildi. Shu pulni etim muhtojlarga berib yuborish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mumkin emas, chunki pul sizlarniki emas. Yoki egasi o‘zi olib ketsin yoki biror boshqa narsaga sarflashga rozi bo‘lsin yoki berib qo‘yish kerak bo‘lgan qo‘shningizga bering. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:01 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar