Bir zavodda ishlab chiqarilgan mahsulot

Assalomu alaykum! Men chet davlatda yurganim bois mahsulot olishda ozgina qiyinchilikga duch kelmoqdaman. Savolim shundan iboratki, musulmon odam istemol qilsa bo‘ladigan mahsulot boshqa bir mahsulot ya’ni cho‘chqa yog‘i yoki go‘shti tarkibida mavjud mahsulot bilan bir zavodda ishlab chiqarilgan bo‘lsa usha mahsulotni istemol qilish joizmi? Misol uchun: yogurt mahsuloti, tarkibi yozilgan joyga qarasam tagida bu mahsulot cho‘chqa yog‘i yoki go‘shti qo‘shib ishlab chiqariladigan mahsulot bilan bir zavodda ishlab chiqarilgan deb yozib qo‘yilgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mahsulotda cho‘chqa bo‘lmasa va zavodda cho‘chqa solingan idishlarda tayyorlanmagan bo‘lsa iste’moli joiz. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:17 | Savol-javoblar | 167 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar