Amerikada mehnat faoliyati yohud tirikchilik masalalari

Assalomu alaykum! Mening bu galgi savolim biz uchun musofir yurtlarida  ishlab yurgan yurtdoshlarimiz, din qardoshlarimiz va shu qatorda kaminaning mehnat faoliyati haqida bo‘ladi. Bu erlarda yuk tashish biznesiga, ya’ni logistikaga tabiy talab juda yuqori va tabiyki, bu yuklarni bir shtatdan ikkinchisiga tashish uchun haydovchilar lozim va bu turdagi haydovchilik hizmatiga bo‘lgan talab doimo yuqori. Biznes tashkil etilishi va vazifalarning taqsimlanishi shundayki bu erda bozor ishtirokchilari sifatida yuk egalari (yuk, ya’ni mahsulot sotuvchilar), yuk tashuvchilar va ularning dispetcherlari, brokerlar va yuk sotib oluvchilar qatnashadilar. Bu turdagi tashkiliy ko‘rinishdagi bozor mexanizmida dispetcher va u ishlaydigan yuk tashuvchi kompaniyasi ishchilari yukni o‘zini shartnoma tuzilguniga qadar na qo‘l bilan ushlaydilar, na ko‘z bilan ko‘radilar, broker kompaniyalari  yuk haqida ma’lumotni «onlayn» (internetda, ma’lum bir saytlarda) qo‘yadilar, dispetcherlar bu syatlardan o‘zlariga kerak bo‘lgan yo‘nalishlarga yuk qaraydilar, kerakligi topilgandan so‘ng brokerlarga telefon qiladilar. Bundan keyingi hamma biznes telefon orqali amalga oshadi. Yukni faqatgina yuk tashuvchi haydovchi o‘z ko‘zi bilan ko‘radi, u ham shartnoma imzolab bo‘lingandan so‘ng. Mening savolim shundan iboratki, shu shakldagi biznes turida yuk tashuvchi kompaniyasi va dispetcher topgan puli halol bo‘ladimi? Yuk tashib beruvchi kompaniyalari har hil bo‘lgani uchun ular tashuvchi yuk ham har hil, kofirlar ishlovchi kompaniyalarda harom narsalar ham tashiyveriladi, musulmonlar esa o‘z navbatida faqatgina halol bo‘lgan mahsulotlar bilan cheklanish imkojniyatiga egalar.  Shartnoma yukni o‘zini ko‘rishdan oldin imzolansada, ish bajarilgani uchun pul, ish haqi ish bajarib bo‘lingandan keyin ya’ni yuk etkazib berilgandan keyin to‘lanadi. Agarda mahsulot sifati kelishilganidan farqli bo‘lib chiqsa, yoki tashib berish jarayonida sifati o‘zgarsa haridor yukni qaytarib yuborish haqiga ega (albatta shartnomaga zid bo‘lmagan holda va yukning turiga ko‘ra abatta).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Musofir yurtlarda halolga urinishingizni Alloh muborak qilsin. Baraka toping, taqvoda davomli bo‘ling. Siz aytib o‘tgan tizim zamonaviy masalalar doirasiga kiradi. Ba’zi istisnolar bilan joiz bo‘ladigan holatlar ham bor. Siz ish jarayonini batafsilroq yozib yuboring. Nima bo‘lganda ham halol mahsulotlarni tashish bilan shug‘ullaning. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/savol/36381

26 May 2022, 07:01 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar