Basmalani to‘g‘ri o‘qish
Assalomu alaykum! Basmalani hatto ayrim axli ilmlar ham «Bismillohu rahmonu rahiym» deb o‘qishgandan keyin menda savol tug‘ilib qoldi. Bu erda izofa bo‘lyapti va izofani o‘zini qoida va eroblari qaysi kelishikda bo‘lishilari bor. Lekin oxirini «U» qilib o‘qish shak-shubxasiz xamma kalimalarni bosh kelishikda qilib qo‘yyapti. Old ko‘makchilardan keyin keladigan kalimalarni oxiri kasralanishi ham ma’lum narsa izofada ham so‘zning e’robi qaratkich(jar) kelishigida bo‘lishi ham ma’lum. Bilmoqchi bo‘lganim “u” qilib o‘qishi to‘g‘rimi?
2). Qur’onni 1-surasidan 114-qarab yodlanagan ma’qulmi yoki aksi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Kasra qilib o‘qish lozim. Avvalo arab tili gramatikasidagi va Qur’oni karimdagi tajvid qoidalariga to‘liq rioya etgan holda talaffuz etish ikki o‘rinda qat’iyyan talab etiladi. 1. Namoz o‘qiyotganda. 2. Qur’on tilovat qilayotganda. Imom domlalarning oddiy so‘zlashuvlarida va voizlik qilayotgan vaqtlarida yo‘l qo‘yilgan ayrim grammatik yoki tajvidiy xatolarning e’tibori yo‘q. Chunki bu holatning na namozga va na ma’noga daxli bor. 2). Ixtiyoringiz, o‘zingizga qaysi tomondan yodlash qulay bo‘lsa o‘shanday yodlang. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:02 | Savol-javoblar | 166 | Dolzarb savollar