Avtobus yo‘l xaqqi
Assalomu alaykum! Men o‘quvchiman va deyarli har kuni transportdan foydalanaman. Avtobusda yo‘l haqqi 1200 so‘m va men 1500 so‘m bersam chiptachilarning deyarli hammasi 200 so‘m qaytim qaytarishadi, chunki 100 so‘mlik har doim ham topilavermaydi. Shu to‘g‘rimi? Men tez-tez 1000 so‘m +100 so‘mlik (ya’ni tanga ) berib turaman. Ular ham indashmaydi. Shunday qilsam to‘g‘ri bo‘ladimi? Oylik chipta olay desam u har doim ham kerak emas. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Imkon qadar ularning haqi sizda qolmasligiga harakat qiling. Masalan 5 bor 100 so‘mdan kam bersa siz bir bor 1000 so‘m bering. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 00:34 | Savol-javoblar | 162 | Administrator