Ov xaqida

Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar, Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin! Sizlarni qilayotgan ishlaringizda ajr-savobni qiyrot-qiyrot qilib to‘ldirib bersin. Bu galgi savolim ov xaqida. Payshanba kuni ov qilib bo‘lmaydi deb eshitgan edim. Chunki bu kecha juma oqshomi deyilarkan. Barcha jonzodlar ham juma kunini hurmatidan hurmatlanarkan. Shu masalani topa olmadim. Men xam baliq oviga qiziqaman, payshanba kuni ovga borsak bo‘ladimi? Javobingiz uchun Alloh rozi bo‘lsin!Rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu gaplarni dinimizga aloqasi yo‘q bid’at gaplar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:05 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar