“Lutiy” deb atashlik

Tib.islom.uz saytida bir maqolani o‘qib qoldim. Unda Lut alayhissalom qavmiga nisbatan “Lutiylar” deb zikr kilingan. Shu to‘g‘rimi? Menga qandaydir g‘alati tuyuldi. Chunki biz bilamizki, biror kishining da’vatiga ergashgan qavmni o‘sha kishining nomi bilan ataladi. Ya’ni vahobiy, hanafiy, shofe’iy va yana boshqa. Lut alayhissalom o‘z qavmini gunohlariga qarshi bo‘lganku. Bu jirkanch qavmni “Lutiy” demasdan o‘z nomi bilan atasa bo‘lmaydimi? Bu savolni siz muhtaramga berishimdan maqsad bu saytning boshlig‘i siz deb bilganligimdan. O‘sha maqola egasiga balki tushuntirish berarsiz yoki shunday atashlik mumkin bo‘lsa, men kabi g‘oibiy shogirdizga ta’lim bersangiz. Avvaldan tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu atamani Tib.islom.uz saytidagilar o‘ylab chiqargan emas. Qadimdan ularni barcha manbalarda shunday atalgan. Qur’oni Karimda ham, Lut qavmi deyilgan. Barcha kitoblarda aynan lutiy deb atalgan. Bu narsada men yoki menga o‘xshagan ojizlarning hech daxlimiz yo‘q. O‘zimizdan oldin o‘tganlar, Qur’oni Karimda kelgan iborani o‘zgartirish uchun hali biz sizning darajangizga etganimiz yo‘q.

26 May 2022, 20:15 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar