Ijtimoiy hayotdagi nuqsonlar
Assalomu alaykum! Men bugungi kunimizdagi bir ijtimoiy hayotimizdagi og‘riqli nuqtalar haqida aytmoqchiman. Ramazon oyida Allohning hidoyati va mo‘jizasi bilan farz ibodatlarni boshladim, Alhamdulillah! Undan oldin Shayx hazratlarining mufassal ro‘za kitobini o‘qib chiquvdim va ommaning emas xoslarning ro‘zasini tutmoqlikni niyat qildim. Hamma a’zoyimni ham ro‘za tutishga undadim ammo quloqqa kelganda ish chatoqroq bo‘ldi sababi ko‘chada jamiyatda yashaganimdan keyin yuraman ishlar bilan orada yo‘lda odamlar og‘zidan fahsh gaplar otilib chiqayotganini behosdan eshitdim va darrov istig‘for ayta oldim, xolos. Bu ahvolimdan o‘zim achindim. Ichimdan xoslar ro‘zasini tutoldimmikan degan o‘y-xayol tinchlik bermadi. Nima qilay hammani birma-bir tergab chiqolmasam. Men yoshman, tengqurlarimniku gapirmasa ham bo‘ladi, ularni og‘ziga fahsh gaplar odatiy ko‘rinishda o‘tirib, joylashgan. Orada taksi xizmatidan foydalandim, yoshi katta otaxonlarni aytmaysizmi?! Uyalmasdan rahmat yog‘ilib turgan oyda fahsh gaplarni gapirishadi! Jon-jonimdan o‘tib ketayozdi gapiray desam yoshi katta otaxon yana 3-4 marta so‘kib bermasin deb ichimdan eshitmagan bo‘lib istig‘for aytdim. Sal oldinroq bozorda ayol, inson nomiga nomunosib o‘tirib olib telefonda og‘ziga kelgancha so‘kayabti, o‘tib ketayotgan edim bir eshitdim-u darrov quloqimni (birovlarga g‘alati bo‘lsa-da) berkitdim qo‘lim bilan. Boshqa ilojim yo‘q. Men endi shunday vaziyatlarda nima qilay, qanday yo‘l tutay, duo yoki bir aytiladigan zikrlar bormi bunga qarshi? Chunki men kelgusi hayotimda ham xuddi Ramazondagidek yashamoqchiman va shunga harakat qilmoqdaman. Mening behosdan eshitgan fahsh so‘zlarim bilan endi baribir xoslar ro‘zasini tutmagan bo‘lamanmi? Quloqimni ro‘zasini tutishim juda mushkul kechdi. (har kuni emas 3 kunda bir marta) Dasturxonda masalan, g‘iybat bo‘layotgan bo‘lsa men ogohlantirsam mendan katta oila a’zolarimni, ammo ko‘nishmasa men turib chiqib ketsam hurmatsizlik bo‘lmaydimi yoki boshqa iloji bormi? Javoblaringiz, ajratgan vaqtingiz va e’tiboringiz uchun tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalo Alloh taolo siz kabi yoshlarimizning saflarini ko‘paytirsin. Qiyomat kuni arshning soyasida bo‘ladigan “Alloh taolo toatida o‘sib ulg‘aygan yigit”lardan qilsin. Alloh taolo insonning toqatidan tashqari ishga buyurmaydi. Siz imkoningiz va kuchingiz etganicha taqvo qiling. Sizga bog‘liq bo‘lmagan ishlarda mas’ul bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:12 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalo Alloh taolo siz kabi yoshlarimizning saflarini ko‘paytirsin. Qiyomat kuni arshning soyasida bo‘ladigan “Alloh taolo toatida o‘sib ulg‘aygan yigit”lardan qilsin. Alloh taolo insonning toqatidan tashqari ishga buyurmaydi. Siz imkoningiz va kuchingiz etganicha taqvo qiling. Sizga bog‘liq bo‘lmagan ishlarda mas’ul bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:12 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar