Odil rahbar

Assalomu alaykum! Rivoyatlarda kelishicha, Alloh taolo qiyomat kuni 7 toifa kishini O‘z soyasi ostida soyalantiradi. Shulardan biri odil rahbar. Biz hozir Rossiyada ishlaymiz, bu erda ishchi jamoamizga bir kishi boshchilik qiladi. Agar u ham ishchi jamoani odilona boshqarsa, hadisda kelganidek odil raxbar toifasiga kiradimi? «Qo‘l ostingizdagilarga adolatli bo‘ling» degan so‘zlar bizni boshlig‘imizga ham tegishlimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar musulmon bo‘lsa va adolat qilish bilan birga boshqa farzlarni ham ado etsa, o‘sha toifaga kiradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:12 | Savol-javoblar | 169 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar