Voyaga etmaganning molidan zakot
Assalomu alaykum! Meni ikkita qiz jiyanlarim bor. Voyaga etmagan, otasi qazo qilgan, onasi xayot. Shu voyaga etmagan qizlarga exson va zakot deb pul berishgan, shu pulga qizlarga atab katta bo‘lsa taqadi deb tilla taqinchoq sotib olib qo‘yishdi. U tilla taqinchoqlar onasida turadi. Shu taqinchoqlar xammasi qo‘shilganda ya’ni onasiniki va ikki qizniki nisobdan oshadi, shu taqinchoqlardan zakot beriladimi. Tilla taqinchoqlar qizlarga atab olingani o‘ziniki xisoblanadimi yoki onasi nazoratida bo‘lgani uchun onasiniki xisoblanib xammasi qo‘shib zakot chiqariladimi. Yoki qizlarga atab olingani sababli ular voyaga etmagani uchun aloxida qilib, faqat onasiniki nisobga etgan bo‘lsa shundan zakot beriladimi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Voyaga etmaganlarning mollaridan zakot chiqarilmaydi. Onasining o‘zini mulki nisobga etgan bo‘lsa shundan zakot beriladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:13 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar