Internetda birovning molini reklama qilib pul topish

Assalomu alaykum! Mani bir narsa kiynavotti xozir ijtimoiy tarmoqlardan yurtdoshlarimiz saytlar orqali faqatgina reklama rolik obnova (yangilash) orqali pul topsa bo‘ladi yani 1 taga 10 tsent keladi deb pul ishlimiza deyishvotti. Keyin ular o‘zlariga yana odam chaqirishvotdi. Man bu narsani piramida deb tushundim. Pul tikilmidi deyishdi pul tikmasdan osongina pul topilar ekan. Man ularga besplatnыy sыr tolko v mыshelovke desam xam tushunishmavotdilar. Qimor desam pul tikilmaydi deyishdi. Lekin u erda pul xam tikadigan joylari mavjud. Shuning uchun odamlar ko‘zi och bo‘ladi. Kirib kotta pul yutib olish degan joylarini ko‘rib aynib pul tikib o‘ynashnamasliklariga kim kafolat beradi? Shu xalolmi? Agar bu xarom bo‘lib chiqsa do‘stlarimga qanday etkazay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda yolg‘on guvohlik degan gunoh bor. Buning gunohi o‘ta o‘ta og‘ir. Hozirgi siz aytgan internetda pul ishlashning juda ko‘pi qaysidir kompaniyalarga odam yig‘ish bo‘ladi. Reklama qilib berish kerak bo‘ladi. Bu degani o‘sha kompaniyani mahsulotlariga, ish faoliyatlariga va halol yoki harom ekanligiga guvohlik berishdir. Musulmon odam  ko‘r-ko‘rona ish tutmasligi kerak. 10 tsentni deb do‘zaxdan joy sotib olmaslik kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida bundan qattiq qaytarganlar. عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سُئِلَ النَّبِيُّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ الْكَبَائِرِ، قَالَ: «الْإِشْرَاكُ بِاللهِ، وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ، وَقَتْلُ النَّفْسِ، وَشَهَادَةُ الزُّورِ». تَابَعَهُ غُنْدَرٌ وَأَبُو عَامِرٍ وَبَهْزٌ وَعَبْدُ الصَّمَدِ عَنْ شُعْبَةَ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan katta gunohlar haqida so‘rashdi. U zot: «Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, odam o‘ldirish va yolg‘on guvohlik berish», dedilar».  عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي بَكْرَةَ، عَنْ أَبِيهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَلَا أُنَبِّئُكُمْ بِأَكْبَرِ الْكَبَائِرِ؟» قُلْنَا: بَلَى يَا رَسُولَ اللهِ. قَالَ: «الْإِشْرَاكُ بِاللهِ، وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ». وَكَانَ مُتَّكِئًا فَجَلَسَ فَقَالَ: «أَلَا وَقَوْلُ الزُّورِ وَشَهَادَةُ الزُّورِ، أَلَا وَقَوْلُ الزُّورِ وَشَهَادَةُ الزُّورِ». فَمَا زَالَ يَقُولُهَا حَتَّى قُلْتُ: لَا يَسْكُتُ Abdurrahmon ibn Abu Bakra otasi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hoy! Sizlarga kabiralarning eng kattasini ma’lum qilaymi?» dedilar. «Ha, ey Allohning Rasuli» dedik. «Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish», dedilar. U zot suyanib o‘tirgan edilar, o‘tirdilar-da: «Hoy, yolg‘on so‘z va yolg‘on guvohlik berish ham! Hoy, yolg‘on so‘z va yolg‘on guvohlik berish ham!» dedilar. U zot buni aytaverdilar, hatto to‘xtamasalar kerak, deb qoldim». ("Oltin silsila" kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!

4 May 2022, 14:13 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar