Zakotdan masala

Assalomu alaykum! Men zakot haqida o‘qiganlarim ichida ikki xil narsaga duch keldim. 1. Zakot nisobga etgandan so‘ng bir yil davomida saqlangan bo‘lishi ya’ni kamaymagan bo‘lishi kerak. 2. Yil boshida nisobga etib, keyin kamaysa ham yil oxirida nisobga etib qolsa beriladi. Qaysi biriga amal qilish kerak? Oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ikkisi ham bir-birini to‘ldiruvchi bitta gap. Amal qiling. Bir yil ichida kamayib ko‘payishini ahamiyati yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:21 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar