Naml surasidagi sajda oyati

Assalomu alaykum! Nega “Naml” surasi (25-26-oyatlari)da sajdani vojib qiladigan qisqa chiziq va minora belgilari boshqa boshqa oyatlarda kelgan? Bu erda 25-oyatni o‘qib sajda qilganda keyin, 26-oyatni o‘qisa yana sajda qilish shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Keyingi oyat avvalgisini to‘ldiruvchi bo‘lgani uchun minora belgisigacha o‘qilib keyin sajda qilinadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:55 | Savol-javoblar | 147 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar