Zakot joizmi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Allohga shukr qarindoshlarimiz orasida hamma o‘ziga to‘q insonlar. Ammo bir «A» qarindoshimiz kasalliklari tufayli boshqalarga nisbatan ancha oddiy hayot kechirishadi. Biz qarindoshlar ko‘pchiligimiz shu «A» odamga zakot pullarimizni beramiz. Yaqinda onalari ham Pakkenson kasaliga chalinib qoldilar. Ular ko‘p qavatli uylarning 3-qavatida yashashadi. Shunga bir «B» qarindoshimiz «Hamma «A» odamga atalgan zakot pullarini menga beringlar, men ularni yig‘ib 3-qavatdagi uylarini sotib yoniga pul qo‘shib 1- qavatdan qulayroq uy sotib olib beramiz deyaptilar. »B» ning bunday deyishlariga sabab, agar biz hamma pulni «A» ga bersak u pullarni mayda-chuyda arzimas narsalarga sarflab yuboradi deyaptilar.
Savol:
1)Biz «B» qarindoshimizning aytganlarini qilib zakot pulimizni ularga bersak bo‘ladimi?
2) Zakotni «A» qarindoshimizni o‘zlariga berganimiz yaxshimi agar ular uylarini alishtirmoqchi bo‘lmasalar ham? Javobingiz uchun Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir kishining qo‘liga nisob miqdoricha berish yoki bergan miqdorni qo‘lidagiga qo‘shsa zakotga qodir bo‘ladigan darajada berish joiz emas. Mabodo qarzdor bo‘lsa, qarzini uzishga qancha bo‘lsa berish joiz. Qarzga olganlaridan keyin, ularga bersa bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:24 | Savol-javoblar | 148 | Ibodatlar