Tashakkur!
Hurmatli Shayx hazratlari, savolimga bergan batafsil javobingiz uchun ulkan minnatdorchilik bildiraman. Olloh Azza va Jalla qilayotgan solih amallaringiz uchun ulkan ajrlar bersin. Sizning javobingizdan keyin oyimlardan surishtirdim: zaks paytida yoshi keksa rais oyim va dadamni yonlariga chaqirib baland ovozda ism familyalarini aytib, shu kishi bilan turmush qurishga rozimisiz, deb har qaysilaridan alohida so‘ragan ekan va ikkalalarining ham javoblarini guvohlar eshitganini tasdiqlab, qo‘l qo‘ydirishgan ekan. Imzolagan guvohlar ikki kishi, eshitib tasdiqlaganlar esa 10-15 tacha odam, dedilar. Yelkamdan tog‘ ag‘darilgandek bo‘ldi. Sizga ikki dunyo saodatini tilab qolaman!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Salomat bo‘ling!
3 May 2022, 01:47 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Salomat bo‘ling!
3 May 2022, 01:47 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar