Ilm izlab…
Assalomu alaykum! Din rivoji yo‘lida qilayotgan ishlaringizga Parvardigorimiz barokotini ko‘paytirib bersin, inshaolloh. O‘qishimizdagi guruxda, afsuski, hammamiz bir xil narsa o‘rganib, bir joyda o‘qishimizga qaramay, barcha o‘quvchilarning maqsadi ilm o‘rganib institutga kirish emas. Ba’zi birlarni(kam sonli emas) umuman na qiziqishi na bilimi, na harakati, na darsda o‘zini tutishi bo‘lmasada qolganlarning diqqatini buzib o‘zlashtirishga(darsda) halaqit beradi.
Savol: 1. Ularga nisbatan jismoniy yo‘l bilan chora ko‘rish mumkinmi? Agar bo‘lsa, ilm yo‘lidagi talabaga qanday yo‘l tavsiya etiladi?
2. Shu kabi insonlarga yaxshirok natija beradigan ta’sir yo‘li bormi? Bo‘lsa qanday va qay holatda?
3. Inshaolloh, imtihon payti agar Ramazon vaqtiga to‘g‘ri kelib qolsa, ro‘za holida imtihonda Alloh engillik ato qilishi mumkinmi? Agarda bu aqliy faoliyatga ta’sir qilsa? Va umuman bu Ramazon oyida bo‘lmasachi?
4. Nazorat testlari, imtihon va shunga o‘xshash paytlarda kursdoshga ko‘chirishga berish to‘g‘rimi? Vaholanki, ikkisining orasida oqibat, do‘stlik masalasi bo‘lsa?
5. Bayram paytlari ubu narsa sotib olish kerak bo‘lsa kursdoshlar ichida bir odam pul yig‘ib uni oladi. Misol uchun, narsaning qiymati 90ming bo‘lsa(oldindan bilmay turib) 100ming yg‘ilganda, qolgan 10mingga shu odamning yo‘l kirasi va hokazolar ketadi. Qoldig‘ini ushbu odam o‘ziga olib qolsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1-2). Jismoniy chora ko‘rishga ruxsat berilmaydi. Ko‘proq ularga ilmni fazilati va insonning dunyo va oxirati uchun foydalari haqida gapirilsa yaxshi bo‘ladi. 3). Ramazonda albatta ro‘za holatda bo‘lsa, baraka-fayz bo‘lishi bor. Ammo farz ro‘zani imtihonni bahona qilib tark etish aslo mumkin emas. Ramazon oyidan boshqa paytda esa, o‘zining ixtiyori. 4). Ko‘chirmachilik bilimsizlikka va tanballik-dangasalikka olib boradi. Shunday bo‘lgach, bunga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik lozim. 5). To‘plangan puldan o‘sha narsani sotib olish jarayonidagi xarajatlargagina ishlatish mumkin. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 04:07 | Savol-javoblar | 172 | Ta’lim va muta’allim