O‘zbek tilidagi tafsirlarga tanqid
Assalomu alaykum! Muhtaram dindosh birodarlar. Men O‘zbek tilidagi tafsirlar va tarjimalarni o‘qib haligacha o‘zimga kelolmayman. Nega bunchalik bir-biriga qarama-qarshi so‘zlari ko‘p? Oddiy bir musulmon kishi o‘qiganda savollardan boshi chiqmay qoladi. Axir bu kitob hamma narsani ochiqlab beruvchi emasmi? Tarjimada arabchadan arabchaga yoki arabchadan forschaga tarjima va izohsiz ko‘chirib qo‘yilgan? Ayniqsa iymonga aloqaqdor bo‘lgan oyatlarga umuman izoh va tushuntirish berilmagan. Men Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Fotiha” surasi va “Baqara” surasining 1-7 oyatlarining tarjima va tafsirida 15ga yaqin tanqidga arzigulik xatolarni o‘rtaga qo‘ydim va Shayxning etuk talabalariga buni bayon qildim, ammo ulardan sas-sado kelmadi va ijtimoiy tarmoqlardan bu haqdagi ma’lumotlarimni vaqtinchalik yopib turishimni iltimos qilishdi. Men bu haqda aynan kim bilan suhbat qura olaman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Biz dinimizdan shunchalik darajada uzoqlashdikki bundan bir qancha yillar muqaddam oddiy musulmon ota-onasidan eshitib tushungan gaplarni ziyoli bo‘laturib ham tushuna olmaydigan holatga kelib qoldik. Achinarli tomoni ilm eshigini yo‘qotib qo‘ydik va hamma chanqog‘ini o‘zi qondirish harakatida bo‘lib qoldi. Oddiy maktabni olib qaralsa 7 yoshli bola 1-sinfga kirib alifbo kitobini o‘qiydi. 4-sinfgacha o‘sha alifboni o‘qishni takomillashtiradi. 4-sinfdan keyin fanlar ko‘paytiriladi. 10 yil o‘qigan o‘quvchini o‘rta maktabni bitirgan degan shahodatnoma beradi. Bu o‘qigan narsalaridan o‘rtacha ma’lumotga ega bo‘ldi degan guvohnomadir. Endi shu narsani diniy ilm tomonidan olib qarasak Qur’on va hadisning alifbosini qancha inson biladi? Madrasalarda alifbo bilganlarga 4 yil dars beriladi. Bu degani ular maktabni 4-sinfini bitirdi degan bo‘ladi. Juda tirishqoqlik bilan harakat qilganlar 11-sinf ma’lumotini uzuq-yuliq egallagan bo‘ladi. Shular arab tilida tafsir o‘qisalar tushinishadigan bo‘lishadi. Lekin ular ham bir sohaning mutaxassisi darajadaligini da’vo qilishmaydi. Avvallari 4-sinfgacha bo‘lgan ma’lumotni har bir musulmon xonadoni ahlining ilmi bo‘lar edi. Arab tilidagisini bilmasalarda o‘sha masalalarni o‘z tillarida yodlab olar edilar. Hozir esa oddiy bir g‘ijjakchi etti yoshidan maxsus musiqa maktabiga o‘qishga kirmoqda. 10 yil o‘qib birgina g‘ijjak chalishni taxsil olmoqda. O‘sha maktabni o‘qimaganlarga siz ham g‘ijjak chalib bering deyilsa ochiq-oydin men bu sohada o‘qigan emasman, bunga aqlim etmaydi deb aytishadi. Holbuki Islom dini ilmlari g‘ijjak chalish emas. Qanday qilib soha mutaxassisi bo‘lmasangiz u erda yozilganlarga nisbatan “xato” so‘zini ishlatasiz? “Shu erlariga aqlim etmadi” desangiz to‘g‘ri bo‘lar va insof bilan gapirilgan bo‘lar edi. Agar xato bo‘lganida ahli ilm insonlar xatoga rozi bo‘lishlari dinga xiyonat ekanligini juda yaxshi biladilar. Shunchadan beri to‘g‘rilab ham qo‘ygan bo‘lardilar. Qolaversa 1400 yildan buyon yuz minlab tafsirlar yozildi, har biri boshqasi bayon qilmagan jihatni bayon qilishga harakat qildi. Birida topilgan ma’lumot boshqasida topilmaydi. Hazrat rahimahullohning ham kitoblari o‘sha minglab kitoblardan bir jihatini bayon qilgan bir kitob hisoblanadi. Agar shu jihatlarini ham yoritilsa oddiy xalq uchun yanada foydali bo‘ladi – deyilsa bu gap to‘g‘ri. Himmatli ahli ilmlarimizdan shunday tafsirlarni yozishlarini umid qilib qolamiz. Bizning holimiz oy ko‘rgani chiqishgan ayollarning holiga o‘xshaydi. Unda bir ayol bolasini hojatini chiqarayotgan edi. Ayollar yangi oyni ko‘rganlarini aytib qolishdi. U ayol ham bolasini qo‘yib, ular bilan oy ko‘rishga chiqdi. Odatda ayollar osmonga qarasalar qo‘llarini soyabon qilib peshonalariga qo‘yadi. U ayol ham qo‘lini peshonasiga qo‘yib oyga qaradi va “Bu oy sassiq hid taratib chiqibdimi” dedi. Yonidagilar qo‘lingizni tushirib ham qarangchi hid kelarmikin deyishdi. Ayol qo‘lini tushirib oyga qaradi va hidni sezmadi. Shunda ayollar hid qo‘lingizdan kelayotgan bo‘lsa kerak deyishdi. Ayol qo‘liga qarasa bolasini hojatidan najosati qo‘liga yopishib qolgan ekan. Siz bilan biz ham o‘shanday ayollarga sherik bo‘lib aybni oydan qidirmay o‘zimizdan qidiraylik. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:58 | Savol-javoblar | 147 | Qur’oni karim