Namozda oldida odam yotishi

Assalomu alaykum! Qilayotgan xizmatlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin. Biz sheriklar bilan safardamiz, mehmonxonamiz tor, majbur bir joyda namoz o‘qiymiz, namoz o‘qiyotganimda sherigim ro‘paramdagi kravatda yotadi, har namoz o‘qiganimda sherigim mani kravatimga o‘tib oladi. Sherigim mani kravatimga o‘tib olaverib zerikkanidan, zikr ahli hayatidan savol so‘raylik dedi. Namoz o‘qiyotganimda sherigim o‘z o‘rnida yotaversa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Zarari yo‘q. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: كُنْتُ أَمُدُّ رِجْلِي فِي قِبْلَةِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَهْوَ يُصَلِّي، فَإِذَا سَجَدَ غَمَزَنِي فَرَفَعْتُهَا، فَإِذَا قَامَ مَدَدْتُهَا Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam namoz o‘qiyotganlarida qiblalariga oyog‘imni uzatardim. Sajda qilsalar, meni niqtardilar, oyog‘imni yig‘ishtirib olardim. Turganlarida yana uzatib olar edim». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:32 | Savol-javoblar | 203 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar