Ro‘zada saqich chaynash
Assalomu alaykum! Ro‘zador odam bilmagan xolda beixtiyor saqich chaynab qo‘ydi. Endi ro‘zasi ochiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida oddiy saqich chaynash bilan ro‘za ochilmaydi. lekin hozirgi kundagi jevachkalar joiz bo‘lmaydi, chunki unda boshqa ajrashmalar bor. Ro‘zani xalqumdan ichkariga o‘tgan narsa ochishligi to‘g‘risida ko‘p bor to‘xtaldik. Saqichni ham chaynaganda undan biror narsa ajrab chiqib ichkariga ketsa, ro‘za ochiladi. Ichkariga ketmasa ro‘za ochilmaydi. Lekin saqich chaynash makruh hisoblanadi. ( وَ ) كُرِهَ (مَضْغُ عِلْكٍ) أَبْيَضَ مَمْضُوغٍ مُلْتَئِمٍ ، وَإِلَّا فَيُفْطِرُ قَيَّدَهُ بِذَلِكَ ؛ لِأَنَّ الْأَسْوَدَ وَغَيْرَ الْمَمْضُوغِ وَغَيْرَ الْمُلْتَئِمِ ، يَصِلُ مِنْهُ شَيْءٌ إلَى الْجَوْفِ فَإِنْ كَانَ مِمَّا يَصِلُ عَادَةً حُكِمَ بِالْفَسَادِ ؛ لِأَنَّهُ كَالْمُتَيَقِّنِ Oq, avval chaynalib ajraydigan narsasi ajrab bo‘lgan, titilib ketmaydigan saqichni chaynash makruhdir. Lekin ro‘za ochilmaydi. Buning aksi bo‘lsa, ro‘za ochiladi. Yuqoridagidek qaydlashning sababi shuki, qora saqich, avval chaynalmagani, chaynasa titiladiganidan odatda ichkariga biror narsa ketib qoladi.
Qaysiki narsa odatda ichkariga ketib qoladigan narsalar jumlasidan bo‘lsa, ro‘zani ochilganligiga hukm qilinadi. Odatda ichkariga etadigan narsa aniq etgan narsa kabidir. (Roddul Muhtor). Vallohu a’lam!
11 May 2022, 19:30 | Savol-javoblar | 145 | Islam