G‘usl qilsam bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Men yaqinda oyog‘imdan kichik operatsiya bo‘lgan edim. U joy yurgan vaqtimda qon oqyapti. Doktor u joyga suv tekgizmang degan edi. Shu xolatda u joyga suv tekkizmasdan g‘usl yoki taxorat qilsam bo‘ladimi? Qilgan g‘uslim inobatga o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha joyga tekazmasdan boshqa joylarni yuvishingiz farz bo‘ladi. U erga mash tortish imkoni bo‘lsa mash torting, agar mash tortish ham bo‘lmasa tortmasangiz ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 04:26 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar