Sabzavotlarga zakot hisoblash

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, Allohga ming shukurki, xar yili Ramazon oyida tijorat mollarimni xisoblab, ulardan zakot mikdorini aniklab, kerakli deb xisoblagan odamlarga tarkataman. Bu yilgi Ramazonda zakot mikdorini xisoblashda ilgari yillarda bulmagan bir vaziyat vujudga keldi. O‘tgan yili odatiy tijoratimdan tashkari sug‘oriladigan maydonda dexkonchilik kilib, sabzi ekkanidim. Utgan yili kuzda yigilgan xosilni xisoblab besh foiz mikdorida ushur berganman. O‘sha sabzining bir kismini sotganman, kolgan kismi xaligacha muzlatgichda saqlanyapti. Xozirgi kunda zakotni xisoblashda boshka tijorat mollarim katori ushbu sabzi qoldig‘iniyam bozor narxida xisoblab qo‘shamanmi yoki ushrini to‘lab qo‘yganim uchun bu molni qo‘shmaymanmi?
Ikkinchi savolim : birorta beva ayol yoki oilali erkakka odamlardan qarzi borligi yoki nochorligi sababli zakot bermoqchi bo‘lsamu, u odamning aka-ukasi tijoratchilardan bo‘lib, mollari nisob miqdoriga etgan bo‘lsada, lekin unga etarli yordam xam zakot xam berishmasa, ushbu odamga zakot berishim joizmi? Agar joiz bo‘lsa shunday odamlarga berganim  afzalmi yoki umuman qarindoshlari ichida nisobga etarli mablag‘i yo‘q odamni topib berganimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ushrini berganingiz uchun sabzini zakot molidan hisoblamaysiz. Zakot oluvchining holiga qarab berasiz. Qay birini muhim deb bilsangiz, o‘shanga bering. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:33 | Savol-javoblar | 157 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar