Ilm olishdagi shartlar

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, alxamdulillax yoshim 44 ga etdi. Xayotdagi ko‘rgan xolatlarim tufayli Faroiz ilmini chukur o‘rganishni niyat qildim. Chunki odamlarimiz meros qoldirish va vasiyat masalalarida deyarli ma’lumotlari yo‘qligi sababli urf-odat buyicha meros taksimlashmokda  va bu bir-birini xakini eb ketishlariga sabab bo‘lmokda. Niyatim, yakin tanishlarim, karindoshlarimga ushbu ilm asosida tushuncha berish va ularning meros taksimotiga Alloh yulida yordam berishdir.  Oliy ma’lumotliman, iktisodiy bilimim bor, 22 yildan buyon turli xisob-kitob va tijorat soxalarida ishlab kelaman. Lekin maxsus diniy ilmim yo‘q va arab tilini o‘rganmaganman. Shu sababli sizlardan masalxat so‘ramoqchidim. Faroiz ilmini ma’lum bir ustozdan o‘rganish uchun qanday ilmlarga ega bo‘lishim  kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shu ilmni biladigan odamni oldiga borib o‘rganishingiz kerak. Alloh ilmga bo‘lgan rag‘batingizni ziyoda qilsin. Lekin siz o‘ylaganchalik sodda emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:33 | Savol-javoblar | 150 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar