Bilmay eb qo‘ysa

Assalomu alaykum! Ustozlar, ba’zan taxorat olganimdan keyin tuflab ko‘raman, qon bo‘ladi miqdori ko‘p emas, lekin pushti bo‘ladi, ba’zan ta’mini sezib qolaman, shuni qazosini tutib bersam ham baribir savobini bu darajada ololmaymani?  Bilmay eb qo‘ysa ro‘za ochilmay nega behosdan og‘iz ichidagi qon ketib qolsa ochiladi? Oldindan Rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bilmasdan eb qo‘ysa ochilmasligi hadisda kelgani uchundir. Tahorat olayotganda qo‘l yoki misvak tekkani uchun qon chiqish bor. Tahoratdan keyin tuflab ko‘rilganda qon chiqqani oldin qonni yutib yuborganizga dalolat qilmaydi. Mabodo og‘zingizda qonning ta’mi kelsa, bu ro‘zangiz ochildi degani emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:34 | Savol-javoblar | 147 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar