Supermarketlardagi yolg‘onmi bu yoki boshqa narsa?

Assalomu alaykum! Avvalroq shaxar supermarketlardagi 1-qavatidagi oziq-ovqat bo‘limidan bir ikki narsa savdo qilgandim. O‘shanda kassada hisoblatganimda 2-3 ming so‘m qimmatroq hisoblab berishgandi. Chunki narxi yodimda turgandi. O‘shanda “arzimagan pulku” deb e’tibor qilmay chiqib ketgandim. Yaqinda xurmo olish maksadida yana bordim, xurmo narxi 14.990 so‘m turgan ekan, xursand bo‘lib 5ta pachka oldim, xar bittasi 500gr dan ekan, kassada esa narxini 95.000 sum deb xisoblab berishdi. Men “nega, axir 75 ming so‘m bo‘lishi kerak ediku” desam, “narxi qimmatlashgan 19.000 bo‘lgan, rastada eski narxi turib kolibdi, almashtirishni esdan chiqaribmiz” deyishdi va “19.000 sum farqini sizga qaytara olmaymiz, o‘rniga biron narsa oling” deyishdi. Men rozi bo‘ldim va o‘sha xodim bilan birga borib 19.000 ming sumga xisoblab narsa oldik va kassada hisoblashga olib keldik. Eng qizig‘i kassa bizga 22.500 bo‘ladi degan narxni ko‘rsatishdi. Men kulib yubordim va xisob 19.000 bo‘lishi uchun ba’zi narsani qaytardim. Shu voqeani bir ikkita qarindoshlarga aytgandim, ularda ham shunaqa holat bo‘lganini aytishdi. Endi savolim shuki, shunaqa holatlarda haqimizni talab qilsak odobsizlik bo‘lmaydimi yoki savob umidida indamay chiqib ketgan afzalmi? Tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar holat xuddi siz aytgandek bo‘lib surishtirsangiz, qaroqchilik va tovlamachilik bo‘lsa, haqqingizni talab qilmasangiz ularning qaroqchiligiga yordam bergan bo‘lasiz. Bu esa harom ishga yordam berish hisoblanadi. Aksincha undaylarni jazosini berdirishga harakat qilish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:34 | Savol-javoblar | 158 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar