Kommunal to‘lovlarning penyasi
Assalomu alaykum! 1). Savolim shuki, men ishlayotgan ishda xalqdan kommunal to‘lovlar uchun pul yig‘ish ishlari bajariladi. Qonunchilikda muddatdan o‘tgan qarzdorlik uchun faqatgina sud qarori bo‘lsagina qo‘shimcha to‘lov (penya) olinishi ko‘rsatilgan. Ammo raxbariyat tomonidan oylik pul yig‘imi rejasida ko‘rsatilgan pulni yig‘ishimiz kerak. Shunday xolatda to‘lovlarga qo‘shimcha sud qarori bo‘lmasa xam penya olishim mumkunmi? Umuman penya olishim joizmi? 2). Qarzdorligini undirish maqsadida uyida mavjud mol-mulkni xatlab olib ketib, uni auktsionda sotib (bozordan ancha arzon narxga) pulini qarzdorligidan olib tashlashim mumkunmi? Oldindan Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Aslida peniya olish mumkin emas. Hukumat qaror chiqarib olsa, boshqa masala. Penyagacha to‘lamasdan yurganlar gunohkor bo‘ladi.
2). Buning uchun qarzdorni holatini o‘rganishingiz kerak. Ko‘rpasiga qarab oyoq uzatmagan bo‘lsa mol-mulkini olishga haqqingiz bor. Sotishga kelganda adolat qilishingiz shart. Biznikimas, bizga kerakli pul bo‘lsa bo‘ldi deb sotaverish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. O‘z narxidan oshganini qaytarib berishingiz shart. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:29 | Savol-javoblar | 160 | Administrator